• icon Muqimiy ko'chasi 104, Chilonzor, Toshkent
  • iconinfo@uzgumyaal.uz

Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha - 9:00 dan 17:00 gacha

icon

Litsey ma'muriyati

+998 55 588 88 01

Qabul

Abituriyentlar uchun ma'lumot

Akademik litseyga qabul imtihonlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 4910-sonli qarori asosida ikki bosqichli saralab olish tizimi orqali amalga oshiriladi.

  • 1-bosqich - yozma ish (insho). Yozma ishdan muvaffaqiyatli o'tganlar ikkinchi bosqichga qo'yiladi.
  • 2-bosqich - test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi.

Akademik litseyda o'qitish ikki yil muddat bilan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

O'qitish faoliyatida akademik litsey iqtidorli 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib quyidaagi yo'nalishlarda ta'lim beradi.

Yo'nalishlar

Xorijiy filologiya

Ona tili
Chet tili

Ijtimoiy-gumanitar fanlar - 2

Tarix
Chet tili

Aniq fanlar - 2

Matematika
Chet tili

Bizning litseyimizga hujjat topshirish barcha boshqa litseylar singari Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligining litsey.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Yuklanadigan hujjatlar va imtihon shartlari shu saytda e'lon qilinadi va video na'munalar ham mavjud.