Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha - 9:00 dan 17:00 gacha
O‘zbekiston Davlat jahon tillari akademik litseyi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi 4910-PQ-sonli hamda 2017 yil 26 sentabrdagi PQ-3290-sonli qarorining 3-bandiga asosan akademik litseyni samarali faoliyat ko‘rsatishi, ulardagi o‘qitish sifatini ta’minlash hamda ularning moddiy-tehnika bazasi va yuqori malakali o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan nazorat qilishni, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash uchun barcha kerakli choralar ko‘rilmoqda.
Sifatli ta'lim, kuchli o'qituvchilar tarkibi. Xorijiy yetakchi universitetlar o'qituvchilarining ma'ruzalari.
Chet tillarini yuqori darajada biladigan yetuk kadrlarni shakllantirish.
O'quvchilarimizning OTM ga kirish va til bilish darajasining yuqoriligi.
OTM ga kirish
Milliy universitetlarga
Xorijiy universitetlarga
O'qitish yo'nalishlari
2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-PQ- son qarorida belgilaganidek akademik litseyda faoliyat yuritayotgan pedagoglarni ilmiy darajali,chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki halqaro sertifikatga ega bo‘lgin asosiy shtatdagi o‘qituvchilar sonini oshirish hamda horijiy tillar va chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki halqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ulushini kupaytirishni asosiy vazifa qilib belgilab olindi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quvchilarni salohiyatiga ko‘ra teng nisbatda guruhlarga bo‘lib o‘qitilmoqda.
Akademik litseyda ta’lim sifatini oshirish maqsadida akademik litsey o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xorijiy filologiya, roman-german, rus tili va adabiyoti fakultetlari bilan birgalikda ilmiy-seminarlar tashkil etildi.
Ta’lim sifatını oshirish maqsadida akademik litsey o’quvchilari uchun ilmiy seminarlar,davra suhbatlari va turli hil uchrashuvlar tashkil qilishini o’z nazoratiga olgan. Akademik litseyda ta’lim olayotgan yoshlarni dunyo hamjamiyatiga munosib voris sifatida tarbiyalash,shuningdek ta’lim va tarbiya mezonlarini ularga singdirish maqsadida fan mutahasislari,professor,olimlar,mamlakatimiz modernizatsiyaga uchun katta hissa qo’shayotgan tadbirkorlar,bugungi o’zbek adabiyotining sermahsul ijodkorlari; shoir va yozuvchilar bİlan bo’lib o’tayotgan uchrashuvlar har bir akademik litsey o’quvchisi uchun qiziqarli va foydali bo’lib kelmoqda.